Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL QILISH UCHUN TALABGORLAR BILAN SUHBAT O’TKAZILDI

19:01 27.08.2021

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL QILISH UCHUN TALABGORLAR BILAN SUHBAT O’TKAZILDI

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish uchun 2021-yil 26-avgust kuni mutaxassiliklardan, 27-avgust kuni chet tili fani boʻyicha suhbat oʻtkazildi.

Taʼkidlash joizki, mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun ixtisosliklar boʻyicha talabgorlarning hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining http://phd.mininnovation.uz/ platformasi orqali elektron joylashtirildi va qabul qilindi. Barcha izlanuvchilar ilmiy rahbar va maslahatchilar bilan taʼminlangan. Mustaqil izlanuvchilikka suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar qabul qilindi. Qabul qilingan talabgorlarning tayanch mutaxassisligi institutdagi ixtisoslikning tegishli boʻlgan fan tarmogʻiga muvofiq kelgan.

Institutda tahsil olayotgan mustaqil izlanuvchilarning faoliyatini nazorat qilish va monitoringini olib borishning raqamli texnologiyalarga asoslangan tizimi yaratilgan.

Barcha mustaqil izlanuvchilarning nazariy-metodologik kurslarni oʻzlashtirishi, malakaviy imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishi, ilmiy nashrlar hamda amaliyotga tadbiq etishlari boʻyicha tajriba-sinov ishlarini olib borishlariga sharoit yaratilgan.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!