Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi qabul qilinganligining 30 yillik shodiyonasi Andijon davlat tibbiyot instituti uchun qoʻshaloq xadyalarni tuhfa etmoqda. Bugun Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Mirzohid Botirov Prezidentimizning 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tub islohotlar, yangilanishlarni oʻz ijod namunalarida aks ettirayotgan M.Botirov institut jamoasida ham hurmat-ehtiromga ega.
Ustoz, mukofotlar muborak! Ish faoliyatingizda muvaffaqiyat, ijodingizga barkamollik tilaymiz!