Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK” SHIORI OSTIDA “MUSTAQILLIK DARS”INI O‘TISH MA’RUZALARI TINGLANDI

15:09 30.08.2021

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK” SHIORI OSTIDA “MUSTAQILLIK DARS”INI O‘TISH MA’RUZALARI TINGLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shakllantirgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalar ro‘yxati asosida ularning yirik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida har yili amaliyot o‘tashini tashkil etish” vazifasi belgilangan. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Ilmiy kengashlar zalida institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, dekan o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor M.Botirov ochib berdi va Prezidentimiz tomonidan “Mehribonlik uy”lari, “Bolalar shaharchasi”da istiqomat qilayotgan bolalar qatori, oliy ta’lim muassasasida taxsil olayotgan chin yetim va ota-ona qaramog‘ida bo‘lmagan talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshiralayotgan samarali ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu nomli xalqaro konferensiyadagi nutqi asosida), “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri savollariga javoblari asosida), “Tadbirkorlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda so‘zlagan nutqi asosida) mavzularida “Mustaqillik darsi”ni o‘tish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!