alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK BORASIDA NAVBATDAGI KENGASH YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

20:08 30.08.2021

YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK BORASIDA NAVBATDAGI KENGASH YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

Yigʻilish avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan orden va medallar bilan taqdirlangan bir qator professor-oʻqituvchilar va talabalarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, tibbiyot sohasida ilmiy ishlarini himoya qilgan bir qator professor-oʻqituvchilar ham taqdirlanib, ragʻbatlantirildi.

Taqdirlash marosimidan soʻng kun tartibidagi masalalar koʻrib chiqildi. Unda institut rektori M.Madazimov hamda prorektorlar yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik, oʻquv xonalarining shayligi, talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy va badiiy kitoblar, darsliklarning holati borasida toʻxtalib oʻtdilar va masʼul rahbarlarga tegishli koʻrsatmalar berdilar.

Shuningdek, institut xodimlari va talabalari oʻrtasida kiyinish madaniyatiga qatʼiy rioya qilish, karantin qoidalariga amal qilish, ish va dars jarayonlarida korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik borasida ham topshiriqlar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!