Andijon davlat tibbiyot instituti ham ushbu bayram kunini o‘zgacha kayfiyat bilan qarshi oldi. Ayniqsa, talabalikka yangi qabul qilingan 1-bosqich talabalarining qalbida o‘zgacha hayajon.
Yangi o‘quv yili oldi tadbiri avvalida institut rektori M.Madazimov hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov barchani Mustaqilligimizning 30 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etib, institut nizomi bilan tanishtirib, unga ko‘ra barcha talabalar institut kiyinish odobiga rioya etishlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
1-bosqichga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari hayrat va hayajon bilan dil izhorlarini bildirdilar. Ayniqsa, asakalik Roziyaxon Bazarboyeva ham bugun talaba sifatida ilk darsini boshladi.
Barcha talabalarni Yangi o‘quv yili bilan tabriklaymiz!