Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA AMAL QILING!

21:07 23.09.2021

YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA AMAL QILING!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kunini o‘tkazish va yo‘l-transport xodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qaroriga asosan Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bu galgi muloqot Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Andijon viloyati IIB YHXB boshlig‘i polkovnik S.Zingirov, Matbuot guruhi katta inspektori katta leytenant D.Abdurazoqov ishtirok etdi.

Tadbir avvalida talabalarga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilmagan haydovchilar tomonidan sodir etilayotgan avtohalokatlar bo‘yicha videoroliklar namoyish etildi. So‘ngra mutaxassislar tomonidan “Yo‘l harakati qoidalari”ni mukammal o‘rganib, ularga qat’iy amal qilish, yo‘l qatnov qismini faqat belgilangan joylardan kesib o‘tish, tegishli xujjatlarsiz yoki avtomashina boshqarish huquqi bo‘lmagan holda rul boshqaruviga o‘tirmaslik, talab etiladigan me’yoriy xujjatlar mavjud bo‘lgan holda avtomashina boshqarish davomida amaldagi yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, tezlikni belgilangan me’yoridan oshirmaslik, haydovchilik madaniyatiga amal qilish, yo‘lning qarama qarshi bo‘lagida harakatlanmaslik, charchoq holatida avtomashina boshqarmaslik, spirtli ichimlik ta’sirida avtomashina boshqaruviga o‘tirmaslik, birgina avtomashina boshqaruvidagi yo‘lovchilar emas, piyodalar ham yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishlari lozimligi ta’kidlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!