O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o’tkazilayotgan “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasi tadbirkorlik sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni bir maqsadda birlashtirmoqda. Loyihada munosib ishtirok etgan Andijon davlat tibbiyot institutining talabalari Islombek Bektashev, Asilbek Dilshodov hamda Muhammadayub Boboyev “Imkon egzoskeletlari” (Imkoniyati cheklangan insonlar uchun yurish moslamasi) loyihasini taqdim etdilar. Yarim finalda muvafaqqiyat qozondilar.