alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“USTOZ, SIZNI YAXSHI KO‘RAMIZ!” VIDEOROLIKLAR TANLOVIDA ISHTIROK ETING!

14:20 28.09.2021

Ba’zan ustozlarimizning tanbehlaridan ranjiymiz, aslida ularning bu nasihatlari bizning yorqin istiqbolimiz uchun mash’aladir. Shunday bo‘lsa-da, shogirdini o‘ylovchi mehribon ustozlarimizning bergan bilimlaridan yashnaymiz, ularga talpinaveramiz.

Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan talabalar va guruhlar o‘rtasida videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi. Unda siz yakka va guruh bo‘lib ustozlarni madh etuvchi she’r, qo‘shiq, tabrik va tilaklaringizni videorolik sifatida taqdim etishingiz mumkin. Tanlov g‘oliblari 2021-yil 5-oktabr kuni aniqlanadi va munosiblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Videoroliklaringizni +998944310979 telegram raqamiga jo‘natishingiz mumkin.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!