Andijon davlat tibbiyot instituti hamda institut klinikasi shifokorlari tomonidan Izboskan tumanidagi Chuama muruvvat nogironligi bo‘lgan ayollar internatida chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rik o‘tkazilmoqda. Bir hafta davomida o‘tkaziladigan ko‘rikda 11 nafar mutaxassislar internatda yashovchi 333 nafar ayollarning salomatliklarini tekshirib, har bir bemorning holatini o‘rganmoqdalar. Ularning salomatliklarini nazorat qilib turishlari uchun internat xodimlarga kerakli tavsiyalarni bermoqdalar.