Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TIBBIYOT MOHIRLARI” XALQARO OLIMPIADADA ADTI JAMOASI 2-O‘RINNI EGALLADI

13:32 28.10.2021

“TIBBIYOT MOHIRLARI” XALQARO OLIMPIADADA ADTI JAMOASI 2-O‘RINNI EGALLADI

2021-yil 26-27-oktabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiyot va farmakologiya oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Tibbiyot mohirlari” tibbiyot amaliy ko‘nikmalari bo‘yicha I-xalqaro talabalar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining 6 nafar talabalari ham munosib ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan Xalqaro olimpiadada talabalar 5 ta yo‘nalish, ya’ni tibbiy-biologik fanlar, terapiya, reproduktiv salomatlik va pediatriya, anestaziologiya-reanimatsiya va xirurgiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Olimpiada hay’at a’zolari va hisob komissiyasining qaroriga ko‘r, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalariga yo‘nalishlar bo‘yicha 1 ta 1-o‘rin, 1 ta 2-o‘rin, 1 ta 3-o‘rin, umumjamoa hisobida 2-o‘rin nasib etdi.

Shuningdek, tanlov doirasida mavzularga oid amaliy mashg‘ulotlar va ochiq ma’ruzalar bo‘lib, talabalarga mutaxassislar tomonidan dars jarayonlari o‘tkazildi.

Shu o‘rinda g‘olib ishtirokchilarimizga kelgusi tanlovlarda faqat oliy o‘rinlarni tilab qolmaiz!

Skip to content Click to listen highlighted text!