Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov ijro intizomi boʻyicha onlayn videokonferensiya oʻtkazdi. Videokonferensiyada Andijon davlat tibbiyot institutining rektori, prorektorlari, dekan va uning oʻrinbosarlari, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va uning oʻrinbosarlari, guruh tyutorlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida oliy taʼlim muassasalarida ijro intizomi, rahbarlar, professor-oʻqituvchilar va talabalar munosabatlari, darslarda talabalarning faolliklari borasida soʻz bordi. Shuningdek, talabalar turar joyida, ijarada yashovchi talabalardan boxabar boʻlish, ularning boʻsh vaqtlarini nazoratga olish, ularning ota-onalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, havo haroratining pasayotganligini inobaga olgan holda talabalar oʻrtasida texnika xavsizligi borasida tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha dekan, ularning oʻrinbosarlari hamda tyutorlarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi.