Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TYUTORLARGA KREDIT-MODUL TIZIMI ATROFLICHA TUSHUNTIRILDI

13:36 30.10.2021

TYUTORLARGA KREDIT-MODUL TIZIMI ATROFLICHA TUSHUNTIRILDI

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov raisligida oʻtkazilgan videokonferensiyada belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Andijon davlat tibbiyot institutida dekanlar, ularning oʻrinbosarlari, tyutorlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishni maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov olib bordi.

Yigʻilishda Davolash fakulteti dekani B.Mamatov talabalar turar joyi va ijara xonadonlarda olib borilayotgan ishlar, talabalar va xodimlarning texnika xavfsizligiga rioya etishlari lozimligi,  1-EDU GROUP direktori U.Mirzaalimov modul tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, viloyat IIB, tashkiliy boshqarma katta inspektori, leytenant F.Dadaxonov yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi profilaktik chora-tadbirlar, “Asakabank” mutaxassislari esa taʼlim kreditlari asosida talabalar kontraktlarini toʻlash usullari va qulayliklari borasida gapirib oʻtdilar.

Shuningdek, Talabalar turar joyi va ijarada yashovchi talabalarni muvofiqlashtiruvchi boʻlim rahbari lavozimiga tayinlangan B.Rejabboyev xizmat vazifasi va kelgusida amalga oshiriladigan rejalar xususida toʻxtalib oʻtdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!