alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

QIZLAR O’RTASIDAGI DAVRA SUHBATLARI DAVOM ETMOQDA

09:57 02.11.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyida qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida institut Xotin-qizlar maslahat kenagshi tashabbusi bilan  “Inson jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda kengash raisi G.Xolmatova, tyutor M.Mamajonova hamda viloyat IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan B.Mirzayeva ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida institut binosi va jamoat joylarida qizlarning odob-ahloqi, qadimiy urf-odatlarimizning bugungi kundagi ahamiyati, darsdan bo‘sh vaqtlarda qizlarning hunar o‘rganishlari uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligi, yoshlar, ayniqsa ayollar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ustoz-shogird an’analarida odob me’yorlari borasida ma’lumotlar berildi. Muammoli vaziyatlarda qizlar tomonidan nimalarga e’tibor qaratish va qanday yo‘l tutish amaliy mashg‘ulotlar bilan tushuntirib o‘tildi.

O‘z o‘rnida qizlarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!