Prezidentimizning «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan joriy o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni 100 nafarini viloyat hokimliklari hamda moliyaviy barqaror davlat oliy ta’lim muassasalari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etildi.
Shunga asosan viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari viloyat hokimligining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lab berildi.
Ularning 79 nafarini otasi, 12 nafarini onasi, 5 nafarini ota-onasi vafot etgan qizlar, 4 nafarini boquvchisi yo‘q muhtoj ayollar tashkil etdi. Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan mazkur ko‘rsatgich 120 nafarga yetkazildi. Shulardan 16 nafarini Andijon davlat tibbiyot institutining xotin-qizlari tashkil etadi. Bunday e’tibordan ruhlangan qizlar kelajakda yetuk shifokor bo‘lishni bo‘lishga, yanada ko‘proq izlanishga ahd qildilar.
Ma’lumotlar viloyat hokimligining matbuot xizmatidan olindi