Toshkent shahrida Oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida “Talabalar teatr studiyalari”ning 3-mintaqaviy saralash bosqichi oʻtkazildi. Unda 1-guruh tarkibida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Namangan davlat universiteti hamda Andijon davlat tibbiyot instituti jamoalari ishtirok etdi. Mazkur festivalda rejissyor Azimaxon Yuldasheva pyesasi asosida sahnalashtirilgan “Gʻaflat” spektaklini namoiysh etgan institutimizning “Shifokorlar” jamoasi mohirona ijrolari bilan barchaning taxsiniga sazovor boʻldilar. Hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholangan ishtirokchilarimiz gʻoliblikni egallab, final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.