alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GOSPITAL TERAPIYA VA ENDOKRINOLOGIYA KAFEDRASI TOMONIDAN SATELLIT SIMPOZIUM OʻTKAZILDI

21:26 05.11.2021

GOSPITAL TERAPIYA VA ENDOKRINOLOGIYA KAFEDRASI TOMONIDAN SATELLIT SIMPOZIUM OʻTKAZILDI

Andijon davlat tibbiyot institutida Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi tomonidan “Qandli diabetning ikkinchi turi bilan ogʻrigan bemorlarni davolashda organoproteksiyaga qaratilgan optimal yondashuvlar” mavzusida xalqaro ishtirokdagi Satellit simpozium oʻtkazildi. Onlayn tarzda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti mutaxassislari, Fargʻona va Namangan viloyati endokrinologlari, Oʻsh davlat universitetining ichki kasalliklar kafedrasi xodimlari ishtirok etdi.

Simpoziumda REITI direktori Feruza Xaydarovaning “Ikkinchi tur qandli diabet prognozida antigiperglikemik terapiya imkoniyatlari”, “Dislipidemiyani davolashda qanday yangiliklar bor?”, TVMO kafedrasi dotsenti Visola Rahimovaning “Metabolik sindrom fonida yogʻli gepatoz”, Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh davlat universitetining ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti Nuriyla Sheriyevaning “Katta yoshli aholi orasida endokrin patalogiyali nogironlik koʻrsatgichlari” va Andijon davlat tibbiyot institutining Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri  Shaxnoza Yusupovaning “Surunkali yurak yetishmovchiligi bilan birga kechgan ikkinchi tur diabetning klinik va gormonal xususiyatlari” mavzularidagi maʼruzalari tinglandi. Simpoziumda qatnashgan viloyatimizning endokrinologlari, magistratura va klinik ordinatura yoʻnalishida taxsil olayotgan talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!