Tabiatning har bir in’omi tiriklikdan nishona. Ona zamin bizni ulg‘aytirgani kabi biz ham uni asrab-avaylashimiz chin farzandlik burchimiz aslida. Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy aksiyasi barcha yurtdoshlarimizni bir maqsad sari birlashtirmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilaridan tortib talabalarigacha mazkur aksiyada faollik bilan ishtirok etib kelmoqdalar.
Institutning 2-o‘quv binosiga o‘tqazilgan 40 tup pavloniya daraxti fayzli manzaraga yanada ko‘rk bag‘ishladi. Talabalar turar joyiga esa 175 tup mevali daraxtlar – o‘rik, gilos, olma ko‘chatlari institut xodimlari tomonidan mehr bilan o‘tqazildi. Ularning niyati xolis: tabiatni asrash, yashillik molamini kengaytirish, kelajakda daraxtlar bo‘y cho‘zib hosil berganida talabalar daraxtlarning soyasida kitob o‘qishlari va mevalaridan bahramand bo‘lishlari…
Yashillik, yaxshilik aksiyasidan siz ham faol ishtirok eting!