Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

OLTIN LAHZALARDAN BOY TAASSUROTLAR

11:27 18.11.2021

OLTIN LAHZALARDAN BOY TAASSUROTLAR

Talabalik umr bahorining eng gullagan pallasi. Barcha zavqli onlarning avj nuqtasi. Kecha katta tantana bilan nishonlangan Xalqaro talabalar kuni yoshlarning qalbiga bir umrga muhrlandi, desak yanglishmaymiz. Talabalar turar joyida Andijon davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlari jam bo‘ldilar. Bayram tadbiri o‘zgacha shukuh oldi.

Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov ochib berdi va institut rektori nomidan barcha talabalarni muborakbod etdi.

Institut miqyosida madaniy-ma’rifiy, aholi salomatligini mustahkamlashga xissa qo‘shgan bir guruh O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti faolllari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida “Zakovat” intellektual o‘yini, “Shifokorlar” teatr jamoasining sahna ko‘rinishlari, “Yosh gitarachilar” jamoasining sho‘x-kuy qo‘shiqlari namoyish etildi. Havoning bir oz xafagarchiligi yoshlarning ko‘nglini  so‘ndira olmadi. Bayram bois yuzlarda kulgu porlab, shirin tilaklar bildirildi. Qo‘shiqlar raqslarga ulanib, tadbir to tungancha davom etdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!