Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“FAXRIMSAN, GʻURURIMSAN, ONA VATAN BAYROGʻI” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

11:40 20.11.2021

“FAXRIMSAN, GʻURURIMSAN, ONA VATAN BAYROGʻI” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida “Faxrimsan, gʻururimsan, ona Vatan bayrogʻi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.  Unda Pediatriya fakultetining talabalari faol ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlangan tadbir davomida turli kasb egalari sahnalashtirilgan koʻrinishda Davlatimiz bayrogʻi taʼrifi keltirildi. Rus, ingliz, nemis, tojik tillarida sheʼrlar oʻqildi, dutorchi qizlar tomonidan betakror kuylar yangradi va qoʻshiqlar kuylandi. Tadbir barcha ishtirokchilar qalbida ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhini yuksaltirdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!