Andijon davlat tibbiyot instituti Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent Zafar Qahhorov xizmat safari bilan Qirgʻizistonning Bishkek shahridagi Qirgʻiz-Rossiya Sloviya Universitetida boʻldi. Mutaxassisimiz “Tibbiyotning va tibbiy taʼlimning dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Shuningdek, safar chogʻida 2018-yilda Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Qirgʻiz davlat tibbiyot akademiyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan Z.Qahhorov Akademiyaning Davolash fakulteti 3-bosqich talabalariga maʼruza va va 2 ta guruhlarga amaliy mashgʻulot oʻtkazdi.