Yoshlar oyligi doirasida viloyat oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida futbol sport turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Unda 8 ta jamoa qatorida Andijon davlat tibbiyot institutining jamoasi ham toʻp surdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, 1-oʻrin Andijon davlat universiteti, 2-oʻrin Andijon davlat tibbiyot instituti, 3-oʻrin esa Andijon pedagogika instituti jamoalariga nasib etdi.