Davolash fakultetining 2-bosqich talabalarining ota-onalari bilan “Talabalar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida yigʻilish oʻtkazildi. Unda fakultetning dekani va uning oʻrinbosarlari, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova va tyutor M.Mamajonova ishtirok etdi.
Suhbat davomida institutda talabalar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, bunday salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, taʼlim muassasasi va ota-onalar hamkorligi borasida maʼlumotlar berib oʻtildi. Shuningdek, talabalarning oʻquv jarayonidagi tartib-intizomi, kiyinish madaniyati, institutning ichki qoidalari, texnika va yongʻin xavsizligiga rioya qilish borasida ham tushuntirib oʻtildi.