“Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostidagi sport oyligi doirasida institutimiz miqyosida turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Davolash fakultetining hamda Kasbiy ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich talabalari o‘rtasida futbol sport turi bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi. Unda 3:4 hisobida Kasbiy ta’lim yo‘nalishining talabalari g‘alaba qozondi.