Stomatologiya fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostidagi kurs birinchiligida fakultetning barcha bosqich jamoalari ishtirok etdi.
Kurslar ichida g‘olib bo‘lgan jamoalar final bosqichida ham murosasiz kurash olib bordilar. Finalda 6 ta jamoa to‘p surdi va 3 ta jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 1-o‘rin 1-bosqich jamoasiga, 2-o‘rin 2-bosqich jamoasiga, 3-o‘rin 4-bosqich jamjasi talabalariga nasib etdi.
Eslatib o’tamiz, sport oyligi doirasidagi “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostidagi tadbirlar davom etmoqda.