Ijtimoiy tarmoqlarda ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning ijara toʻlovlari qoplab berilmayotganligi xususidagi xabarlarga
RASMIY MUNOSABAT
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi qaroriga muvofiq Andijon davlat tibbiyot instituti ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning xujjatlari va ijara shartnomalari ishchi guruhi tomonidan batafsil oʻrganib chiqildi. Ular tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlarini qoplab berish boʻyicha byudjet mablagʻlariga ehtiyoji mavjud talabalarning roʻyhati shakllantirilib, sentabr oyidan dekabr oyiga qadar 217 ta talabalarning ijara toʻlovlari qoplab berildi. Hozirgi kunga qadar mazkur talabalar uchun byudjet mablagʻlari hisobidan 15856036 soʻm ajratilgan. Qolgan talabalarning xujjatlari ham ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqilmoqda. Sentabr va oktabr oylarida ariza topshirgan talabalarning toʻlovlari qoplab berilgan, noyabr oyida xujjat topshirgan talabalarning toʻlovi esa 15-dekabr kuni qoplab beriladi.