![INSTITUTIMIZNING “ILM YULDUZI”](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/12/photo_2021-12-03_19-41-35.jpg)
Oʻzbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan yurtimizda faoliyat olib boruvchi iqtidorli, ilmga chanqoq, fidoyi xotin-qizlarning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish va ularni ilmiy salohiyati va yutuqlarini dunyo ilmiy jamoatchiligiga tanishtirish maqsadida ilmiy izlanish olib borayotgan xotin-qizlar oʻrtasida har ikki yilda “Ilm yulduzlari” intellektual koʻrik-tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.
Mazkur tanlovning Respublika bosqichida Andijon davlat tibbiyot institutining tayanch doktoranti Saida Akbarova ham munosib ishtirok etib, 3-oʻrinni egalladi.