alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KONSTITUTSIYA BILIMDONI ANIQLANDI

14:05 07.12.2021

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida har kimga ilmiy texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi belgilab berilgan. Tibbiyot sohasining rivojlanishiga o‘zining xissasini qo‘shib kelayotgan talabalar bugun har sohada tashabbus ko‘rsatmoqdalar. Andijon davlat tibbiyot institutida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida o‘tkazilgan bilimlar bellashuvi talabalarning siyosiy bilimlarini yanada mustahkamladi.

Bellashuvda ishtirok etgan 6 nafar ishtirokchi berilgan 10 ta savolga batafsil javob berdi. Institut rektori M.Madazimov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.b. S.Salohiddinov, psixolog O‘.Arziqulov, viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Kamoliddin Amonov talabalarning javoblarini adolatli baholab bordilar.

Savollarga aniq va to‘g‘ri javob bera olgan Stomatologiya fakultetining 3-bosqich talabasi Mohigul Umarxo‘jayeva 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, tadbir davomida ijodkor va iqtidorli talablar tomonidan she’r, qo‘shiq va raqslar guldastasi namoyish etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!