Yangi Oʻzbekiston yoshlari… Ular qanday boʻlishi kerak?! Mustaqil fikrlovchi, har qadami yaratuvchan, fikrlari teran, soʻzi va harakati tengdoshiga motivatsiya beruvchi, ilmli boʻlishi kerak. Sizda yuqoridagi barcha qobiliyatlar boru, yuzaga chiqarishingiz uchun nimadir yetishmapti, shundaymi?
Unda Sizni “Global fikrlash va samarali taʼlim strategiyalari” mavzusidagi seminar trenigga taklif etamiz. Seminar treningni esa Siyosiy fanlar doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Tuluza siyosiy fanlar instituti magistraturasi (Fransiya) hamda Bordo siyosiy fanlar instituti doktoranturasini (Fransiya) tamomlagan, Fransiya Tashqi ishlar vazirligining “Eyfel” stipendiyasining ikki karra laureati, Yevropa tadqiqotlar instituti (Belgiya), Praga iqtisodiyot universiteti (Chexiya), Dubay va Sharja (BAA) ning bir qator universitetlarida maʼruza oʻqigan, Praganing Yan Masarik nomidagi xalqaro tadqiqotlar markazida diplomatiya boʻyicha ekspert sifatida faoliyat olib borgan, tahliliy maqolalari Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Avstriya, Chexiyada chop etilgan, shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi-Spichrayteri boʻlinmasining yetakchi konsultanti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimlarida ishlagan Sardor Usmonov olib boradi.
Shoshiling, bugungi imkoniyat yorqin kelajagingizga zamin yaratsa ajab emas. Ertaga soat 10:00 da Ilmiy kengashlar zalida barchangizni kutamiz!