Andijon davlat tibbiyot institutining 1-Akusherlik va ginekologiya kafedrasi tomonidan “Akademik V.I.Kulakov nomli akusherlik, ginekologiya va perinatologiya milliy tibbiy tekshiruv markazi” bilan hamkorlikda onlayn konferensiya oʻtkazildi.
Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov, 1-Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri D.Asranqulova, 2-Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri X.Negmatshayeva, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri O.Yakubova hamda “Akademik V.I.Kulakov nomli akusherlik, ginekologiya va perinatologiya milliy tibbiy tekshiruv markazi” mutaxassisi, t.f.d. N.Tetruashvilli «2021-yilda homila tashlash: natijalarni takomillashtirish boʻyicha Rossiya va xalqaro maʼlumotlari” mavzusidagi maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Konferensiyada institutimizning 5-bosqich talabalari, magistrlar, klinik ordinatorlar, vrachlar va kafedra xodimlari qatnashib, mavzu borasida oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.