Andijon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Yosh olimlar” klubi faoliyat olib boradi. Mazkur klubda oʻquvchilar oʻzlarining innovatsion va startap loyihalarini amaliyotga tadbiq etadilar.
Bugun “Yosh olimlar” klubi hamda Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi. Unda institut professional taʼlim muassasalariga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi N.Abdujalilova, neonatologiya kafedrasi dotsenti D.Ergashboyev, iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimining boshligʻi Sh.Boʻstonov, yosh olimlar yetkchisi I.Bektoshev ishtirok etdi.
Seminar davomida “Yosh olimlar” klubi aʼzolari kardiologiya, ginekologiya, fitoterapiya, immunoglobulinlar mavzularidagi maʼruzalarini taqdimotlar asosida olib bordilar va faoliyatlari bilan tanishtirib oʻtdilar. Oʻz oʻrnida institut mutaxassislari klub aʼzolariga omad tilab, faoliyatlari davomida yana nimalarga ahamiyat qaratishlari lozimligi toʻgʻrisida maʼlumot berdilar.