alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BOLALAR JARROHLIGI KAFEDRASIDA UCH AVLOD UCHRASHUVI

20:45 15.12.2021

BOLALAR JARROHLIGI KAFEDRASIDA UCH AVLOD UCHRASHUVI

1970-yilda mazkur kafedraga asos solingan. Mana 51 yildirki, talabalarga bolalar jarrohligi borasida bilim berish bilan birga amaliyot jarayonlari ham oʻtkaziladi hamda kafedraning malakali shifokorlari bemor bolajonlar dardiga davo boʻlib kelmoqdalar.

Oʻtkazilgan uch avlod uchrashuvi chin maʼnoda talabalarga mahorat darsi boʻldi. Boisi 51 yil davomida xizmat koʻrsatib kelayotgan kafedra dotsentlari A.Qurbanov, J.Djumabayev, N.Akbarov, Pediatriya fakulteti dekani A.Gʻofurov,  kafedra mudiri B.Mirzakarimov bugungi kunda faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar va talabalarga kafedra tarixi, xizmat koʻrsatgan fidoyilar, talabalar ilmiy jamiyati faoliyati va erishilgan yutuqlar, oʻtgan yillar davomida tibbiyotga berilgan eʼtibordan farqli oʻlaroq, sohada malakali va sifatli kadrlarni tarbiyalashda zamon talabi darajasida yaratilayotgan imkoniyatlar, aholining tibbiy savodxonligini oshirish, bemorlarning markazga bormay, yaqin xududlardagi zamonaviy shifoxonalarda davo topishlari borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida soʻz olib bordilar.

Uchrashuvdan soʻng uch avlod vakillari bemorlarlar tekshiruvini olib bordilar. Tekshiruv jarayonlarida bemorlar bilan, ayniqsa kichkintoylar bilan muloqot olib borish, shifokorlik masʼuliyatini unutmaslik, aniq tashxis qoʻyish kabi mavzularida amaliyot ham oʻtkazildi.

Tibbiyot eng murakkab soha. Zamonaviy tibbiy amaliyotlar bilan birga ustozlarning bir necha yillik tajriba va koʻnikmalari yetuk mutaxassis boʻlishda katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi oʻtkazilgan uch avlod uchrashuvi ham ana shunday ulugʻ maqsadlarni oʻzida mujassam etdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!