alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DOGʻISTON DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI MUTAXASSISLARI MA’RUZA DARSLARI OLIB BORADILAR

21:20 16.12.2021

DOGʻISTON DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI MUTAXASSISLARI MA’RUZA DARSLARI OLIB BORADILAR

Dogʻiston davlat tibbiyot universitetining yuz-jagʻ jarrohligi va xirrurgik stomatologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Senera hamda Dental implantolog, t.f.n. Patimat Bagatayeva Andijon davlat tibbiyot institutiga tajriba almashish va talabalarga soha boʻyicha amaliy mashgʻulot olib borish, seminar, darslarda ishtirok etish maqsadida keldilar.

Dastavval hamkorlar bilan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov uchrashuv oʻtkazdi. Unda har ikki oliy taʼlim muassasasida yuz-jagʻ jarrohligi, stomatologiya sohasi rivoji uchun olib borilayotgan amaliy ishlar, unda talabalarning ishtiroki borasida fikrlar almashildi. Hamkor mutaxassislar tomonidan institut talabalariga oʻtiladigan darslar, maʼruzalar, amaliyot jarayonlari, master-klasslarning ahamiyati, kutilayotgan natijalar haqida ham mulohalar bildirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!