Institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Gulhayo Xolmatova ijarada, xususiy sherikchilik asosidagi talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan birma-bir uchrashuv o‘tkazdi. Yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishgan kengash raisi xonalardagi muammo va kamchiliklarni ham o‘rgandi.
Suhbat davomida qizlarga tozalikka, texnika xavfsizligiga rioya qilish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun tashkil etilgan to‘garaklar haqida ma’lumot va tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek, xonadon egalari bilan ham suhbat o‘tkazib, qizlarning xavfsizligini ta’minlashda institut bilan hamkorlikda yanada faol bo‘lishlarini alohida ta’kidlab o‘tdi.