Andijon davlat tibbiyot institutida Viloyat prokuraturasi xodimlari talabalar bilan davra suhbati olib bordilar. Unda Viloyat prokurorining yordamchisi Abdurahim Alimov hamda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasining 30 yilligi munosabati bilan Prokuratura faoliyati bilan bog‘liq videoroliklar namoyish etildi. Mutaxassis tomonidan talabalarga prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va prinsplari, Bosh prokurorning hisobdorligi, prokuror nazorati tuzilmasi va xujjatlari nimalardan iborat ekanligi, 2021-yilda tizimda olib borilgan hayr-sahovat ishlari, hamkorlik aloqalari borasida ma’lumotlar berib o‘tildi.