Shahrimiz kundan-kun chiroy ochyapti. Ayniqsa, Yangi yil arafasida tunlari yanada jozibador koʻrinadi. Stomatologiya fakultetining xodimlari mana shu goʻzallikdan bahra olish va salomatliklarini mustahkamlash maqsadida “5000 qadam” loyihasida ishtirok etdilar. Talabalar turar joyidan start olgan loyiha doirasida koʻngillilar sogʻlom ovqatlanish va sogʻlom turmush tarziga rioya qilishni maqsad qildilar.