![“PHARMSUZ” LOYIGASI 1-O’RINNI OLDI](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/12/photo_2021-12-24_17-05-18.jpg)
“Yoshlar forumi” doirasidagi loyihalarda ishtirok etayotgan talabamizdan yana bir xushxabar!
Innovatsion rivojlanish vazirligida «O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021» haftaligi doirasidagi «Startap tashabbuslari» yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining 5-davri yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimida g‘olib loyihalarining taqdimotlari ham o’tkazildi. Mazkur final bosqichida Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakultetining 5-bosqich talabasi Abdurauf Abdurashidov o‘zining “Pharmsuz” loyihasi bilan ishtirok etdi.
1 yil davomida akseleratsiya davridan muvaffaqiyatli o‘tgan Abdurauf final bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda CSpace co-working tomonidan kafolatlangan 5 mln.so‘mlik chekning egasiga aylandi. Shuningdek, esdalik statuetka va diplom bilan taqdirlandi.
Talabalarimizdan navbatdagi g’alabarni kutib qolamiz va ularga omad tilaymiz!