alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Magistratura mutaxassisliklarining bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi

18:34 24.12.2021

Magistratura mutaxassisliklarining bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrachuv o’tkazildi

Uchrashuvda magistratura bo’limi boshlig’i B.Tursunov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi S.Asqarov, Davolash fakulteti dekani B.Mamatov, magistratura mutaxassisliklari kafedralarining professor-o’qituvchilari, magistratura bo’limi xodimlari va magistraturaning bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Magistratura bo’limi boshlig’i B.Tursunov bitiruvchi bosqich talabalariga yakuniy davlat attestatsiyalari o’tkazish nizomi, magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashga bo’lgan talablar, dissertatsiya himoyalarini o’tkazilish tartib-qoidalari haqida ma’lumot berdi.

Suhbat davomida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi S.Asqarov dars jarayonlarida muntazam ishtirok etish va imtixonlarda korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslikka alohida to’xtalib o’tdi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Yangi yil arafasida talabalarga texnika xavfsizligiga rioya qilish, bayramni oila davrasida oʻtkazish borasida tushuntirib oʻtildi. Magistratura moderatorlariga mavzu borasida alohida koʻrsatmalar berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!