Tumanlardagi aholini chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrikdan oʻtkazish tadbirlari davom etmoqda.
Mazkur tadbirlar joriy yilning 23-24-dekabr kunlari tumanning KTMPsiga qarashli MFYlardagi ijtimoiy himoyaga muxtoj boʻlgan 3-guruhdagi 624 nafar va 4-guruhdagi 185 nafar aholi oʻrtasida oʻtkazildi. Tadbirlar davomida 6 nafar tibbiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarga joylarida tibbiy-koʻrik xizmati amalga oshirildi, shuningdek 8 nafar bemorlarga viloyat davolash muassasalariga, 12 nafariga esa tuman tibbiyot birlashmalariga sogʻlomlashtirish uchun yoʻllanmalar berildi.