Andijon davlat tibbiyot institutining ijtimoiy himoyaga muxtoj talab-qizlarning 31 nafariga rektor tashabbusi bilan institut tomonidan kontarkt toʻlovlari toʻlab berilgan edi. Bugun esa yana 34 nafar imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj, shuningdek, iqtidorli va faol talabalar moddiy ragʻbatlantirildi.
Sertifikatlarni topshirish davomida rektor M.Madazimov hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov bugungi kunda har bir talaba eʼtiborda ekanligi, ularni qoʻllab-quvvatlash davlat siyosati darajasida qaralayotganligi, bunda esa yoshlardan faqat oʻqishda faol boʻlishlari kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi.