Yangi yil bayrami sovg‘alar bilan fayzli albatta! Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlariga bayram arafasida xushkayfiyat bag‘ishlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida institut Kasaba uyushmasi tomonidan 1201 nafar ishchi-xodimlarga, professor-o‘qituvchilarga sovg‘alar ulashildi. Bunday g‘amxo‘rlikdan barcha birdek minnatdor.