MAʼNAVIYAT KENGASHINING NAVBATDAGI YIGʻILISHI HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

MAʼNAVIYAT KENGASHINING NAVBATDAGI YIGʻILISHI HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILDI

20:07 19.01.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari ishtirokida Maʼnaviyat kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov olib bordi.

Unda bir qator kun tartibidagi masalalar ko‘rildi. Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, odob-ahloq hamda kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilish borasida so‘z bordi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida institut rasmiy veb-saytida har bir bo‘limda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni muntazam joylashtirib borish, talabalarning o’tkazilayotgan onlayn tanlovlarda faolliklarini yanada oshirish yuzasidan dekanlar o’rinbosarlariga kerakli topshiriqlar berildi.

 

Skip to content