Andijon davlat tibbiyot instituti talaba-yoshlari diqqatiga!
Hurmatli talaba-yoshlar, joriy yilning 24-yanvar kuniga qadar institut talabalar turar joylarida dezinfeksiya qilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilganligi sababli hozircha har biringizdan doimiy yashash joyingizda ona-onangiz va yaqinlaringiz oldida bo‘lishingizni so‘raladi. Shu sababli talabalar yotoqxonaga kiritilmaydi. Bu borada Sizlarga qo‘shimcha ma’lumot yetkazamiz.
Shuningdek, yana bir bor barcha talabalarni onlayn tarzda o‘tkazilayotgan tanlovlar va fan olimpiadalarida faol ishtirok etishlariga chorlab qolamiz.
Institut ma’muriyati