Koronvirusning yangi shtampi ko‘pchilikni xavotirgani solayotgani sir emas. Biroq shaxsiy gigienaga muntazam ravishda amal qilish kasallanish xavfini kamaytiradi albatta. Andijon davlat tibbiyot institutining “Yosh volontyorlar” jamoasi bu gal Andijon shahridagi “Gumbaz” MFYda bo‘ldilar.
Talabalar aholi bilan suhbatlashish asnosida Covid-19ning yuqish yo‘llari, oldini olish choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek. Omikron shtampining yuqish yo‘llari va inson organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishi borasida ham tushuntirib o‘tdilar. Aholiga mavzu borasidagi kengroq ma’lumotlar keltirilgan tarqatma materiallar ham ulashildi.