Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ATIRGULGA AYLANAMAN” MAVZUSIDA ONLAYN IJODIY UCHRASHUV OʻTKAZILDI

15:24 22.01.2022

Garchi talabalar ayni damda qishki taʼtil davrida boʻlsalar-da ularning maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy salohiyatlarini yanada oshirish maqsadida turli onlayn tadbirlar ham tashkil etilmoqda. Taniqli shoira, jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Shuxrat” medali sohibasi Zamiraxon Xodjamberdiyeva bilan zoom orqali uchrashuv oʻtkazildi. Unda sheʼriyatga qiziquvchi talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvni ochib bergan Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, psixolog O’.Arziqulov, fakultet dekanlari o’rinbosarlari, tyutorlar shoiraning hayoti va ijodi haqida talabalarga qisqacha maʼlumot berib oʻtdilar.

Shoiraning “Munavvar yurtim”, “Gul islari”, “Qirq oʻrim soch”, “Nashida”, “Atirgulga aylanaman”, “Jon rishtasi”, “Sarchashma”, “Tashnadil”, “Umid bogʻi”, “Dil chirogʻ”, “Xayratning surati” saylanma, “Rushnolik” nomli kitoblari oʻz oʻquvchisini topgan. “Yoshlik” almanaxiga, “Yoshlik bayozi”, “Andijon shoir va yozuvchilari”, “Andajonim mening”, “Andijonim-Andajonim” kabi jamoa toʻplamlariga turkum sheʼrlari kiritilgan.

Bugungi oʻzbek adabiyoti, yosh ijodkorlar tomonidan yaratilayotgan asarlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirgan shoira oʻz sheʼrlaridan namunalar oʻqib berdi. Shundan soʻng talabalar ham ijodkorga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!