Joriy yilning 25-29-yanvar kunlari Stomatologiya fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari uchun mutaxassislik fanlaridan 2022-oʻquv yilining qishki attestatsiya jarayonlari boshlandi.
Attestatsiyada ishtirok etayotgan 170 nafar talaba 3 tadan savollarga batafsil javob bermoqdalar. Talabalarning bilimlarini Gospital va klinik stomatologiya kafedrasi mudiri R.Raimjonov, Bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri N.Joʻrayeva hamda Jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri M.Teshaboyev sinovdan oʻtkazmoqdalar. Shuningdek, imtixon jarayonlarini shaffoflik va adolatli oʻtishini taʼminlash maqsadida fakultet dekani D.Toʻlanov va dekan oʻrinbosari X.Qurbanov kuzatib bormoqdalar.