alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“RAHBAR VA YOSHLAR” ONLAYN MULOQOTI OʻTKAZILDI

18:25 27.01.2022

Ayni damda talabalar masofaviy tarzda taʼlim olishmoqda. Darslarning sifatli va samarali bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar amalga oshirilmoqda. Professor-oʻqituvchilar tomonidan ayniqsa, mutaxassisliklar boʻyicha mukammal onlayn dars jarayonlari olib borilmoqda. Shuningdek, institut rektori  va prorektorlar yoshlarning darslardagi faolliklarini nazorat qilib bormoqdalar.

Bugun rektor M.M.Madazimov boshchiligida 6-bosqich talabalari bilan onlayn muloqot oʻtkazildi. Uchrashuvda, shuningdek, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov ishtirok etdi.

Muloqot davomida onlayn darslar, ularda faol qatnashish, amaliyot jarayonlari, modul-kredit tizimi, oʻtkazilayotgan onlayn tanlovlarda ham ishtirok etish, jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilish borasida alohida taʼkidlab oʻtildi.

Shu oʻrinda talabalar ham rahbarlarga oʻzlari qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildilar va ulardan batafsil javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!