O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvar kuni “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-96-son qarori imzolandi.
Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab:
– har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri oʻtkazib boriladi;
– intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi.
– 2022-yildan boshlab:
– bosqichma-bosqich umumiy oʻrta, Prezident, oʻrta maxsus va professional hamda OTMda “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
– har yili talabalar oʻrtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta oʻrinni qoʻlga kiritgan OTMga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi topshiriladi;
– intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
Hurmatli talaba-yoshlar shoshiling! Andijon davlat tibbiyot instituti “Zakovat” intellektual klubiga iqtidorli yigit-qizlarni qabul qilishni boshladi.
Unutmang siz “Zakovat” stipendiyasi bilan birgalikda magistratura yoki ordinaturada o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishingiz mumkin!
Murojaat uchun:
☎️ +998 (93) 442-52-00