alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZDA «ZAKOVAT» INTELLEKTUAL O’YINLARINING YANGI MAVSUMIGA START BERILISH ARAFASIDA!!!

11:20 28.01.2022

Siz Andijon davlat tibbiyot instituti talabasimisiz?

Siz o’z bilimingizga ishonasizmi?

Siz fikrlashni yoqtirasizmi?

Unda ushbu «Zakovat» turniri aynan siz uchun!!!

 

Andijon davlat tibbiyot institutida tashkil etilayotgan  «Zakovat» intellektual o’yinlari mavsumiy ko’rinishga ega  bo’lib, har hafta davomida o’yinlar tashkil etib boriladi va yakunda g’olib va sovrindorlar institut tomonidan taqdirlanadilar!!!

 

Agar siz ushbu mavsumiy turnirda ishtirok etmoqchi bo’lsangiz, quyidagi amallarni bajarishingiz kerak:

 

  1. O’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni ( F.I.SH, fakultet, yo’nalish, guruh va telefon raqamingiz) @shoxjahon_abduraxmonov ga yuborasiz va shu orqali yakka tartibda ro’yxatdan o’tasiz;

 

  1. Telegramm ijtimoiy tarmog’idagi https://t.me/ADTI_Zakovat_bilimdonlari guruhiga a’zo bo’lasiz. Ushbu guruhda har kuni turli xil kichik turnirlar o’tkazilinib boriladi. Bu esa sizni «Zakovat» o’yinlari bo’yicha tajribangizni orttiradi;

 

  1. Telegramm ijtimoiy tarmog’idagi https://t.me/ADTI_Zakovat_klub kanaliga a’zo bo’lasiz. Bu kanalda biz sizlarga yil davomida institutimizda tashkil etiladigan «Zakovat» o’yinlari haqida yangiliklarni berib boramiz.

 

 

Shoshiling!!! Joriy yilning 30-yanvar, yakshanba kuni ilk o’yinlarimizni yakka tartibda o’tkazamiz. keyinchalik esa jamoaviy holatda davom ettiramiz.

 

Demak, biz hozircha ishtirokchilarni yakka tartibda ro’yxatga olishni boshlaymiz!

Ro’yxatga olishni oxirgi muddati: 29.01.2022 soat 19:00:00 gacha hozircha faqat yakkalik bellashuvlari bo’lib o’tadi!

 

 

Jamoa bo’lib ro’yxatga olish esa alohida e’lon qilinadi!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!