BO‘LIM BOSHLIG`I
Soliyev Anvar Alijonovich
(19.06.1974)
+998934257498
Mutaxasisligi: Endokrinolog shifokor
Imiy unvoni:Yo’q
BO‘LIM MARKETOLOGI
Azimov Saidahror Qayumjonovich
(31.01.1990)
+998889827101
Mutaxasisligi: Ekspert kriminolog
Imiy unvoni:Yo’q
КARYERA MARKAZI BOʻLIMINING TARIXI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligining 2021- yil 23 -iyuldagi 314 – sonli boʻyrugʻi hamda 2021- yil 19- avgust kunidagi 2/10-44 sonli xatida belgilangan vazifalari ijrosini taʻminlash maqsadida, Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 2021- yil 20 -avgust kungi 258 – T sonli “Talaba va ish beruvchilarni bir – biriga bogʻlovchi “Karyera markazi”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi boʻyrugʻiga asosan “Karyera markazi” tashkil etildi.
Andijon davlat tibbiyot instituti “Karyera markazi” faoliyatining Nizomi, bo’lim xodimlarining majburiyatlari hamda meyoriy hujjatlari ishlab chiqildi hamda institut rektori tomonidan tasdiqlandi.
2022-yil 4-mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 19-sonli bayon 3 – ilovasi bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash chora – tadbirlari boʻyicha “Yol xaritasi” ning 6 – bandi ijrosini taʻminlash maqsadida, instituti rektorining 2022- yil 25- aprel kungi 120 – T sonli boʻyrugʻiga asosan “Karyera markazi” tarkibida “Kovorking ofisi” faoliyat koʻrsatishini ta’minlash maqsadida “Kovorking ofisi” markazi tashkil etildi va faoliyat olib borilmoqda.
КARYERA MARKAZI BOʻLIMINING FAOLIYATI
“Karyera markazi” boʻlimi xodimlari tomonidan, institutda talabalarni oʻqishdan boʻsh vaqtlarida ish bilan ta’minlash boʻyicha har yili boʻlimning yillik ish rejasiga asosan institutda tahsil olayotgan talabalarning umumiy balansi shakllantirilib boriladi, institutda fakultetlar va yo‘nalishlar talabalari bilan reja asosida Andijon viloyati hokimi hamda institutimiz rektori tomonidan doimiy ravishda uchrashuvlar olib boriladi, barcha fakultetlar, yo‘nalishlar talablari orasida so‘rovnoma o‘tkaziladi, o‘qishdan ajramagan holda ishlash istagini bildirgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi, institutning har bir fakultetlari, yo‘nalish va kurslar kesimida ishlayotgan talabalar ro‘yxati shakllantiriladi hamda viloyat bandlik bosh boshqarmasi va Andijon shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda shahardagi tashkilotlari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalarida mavjud bo‘sh ish o’rinlari (vakand) har oyda aniqlanib, institut veb-sayitiga va talabalarga ma’lumotlar berib boriladi, ular bilan doimiy ravishda rejaga muvofiq Bo‘sh ish o’rinlar yarmarkalari o’tkazilib, bu orqali talabalar ish bilan ta’minlanib borilmoqda.
Karyera markazi boʻlimi manzili: Yu.Аtabekov ko‘chasi 1 uy institutning asoisiy binosining 1 qavatida joylashgan . karyera@ADTI.uz.