Andijon davlat tibbiyot institutining “Yosh volontyorlar” jamoasi endi viloyatimiz tumanlarida ham targʻibot dasturlarini davom ettirishmoqda. Ular bu gal Marhamat tumanidagi 35-Oilaviy poliklinikasida boʻldilar. Poliklinika oila shifokori hamda patronaj hamshiralari bilan birgalikda Namuna-1, Namuna-2, Fayzobod va Sohibkor koʻchalarida boʻlib, 105 ta xonadon aʼzolari bilan suhbat olib borishdi.
Suhbat davomida aholiga sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, gigiyena qoidalariga amal qilish, COVID-19 va uning Omikron shtammining yuqish yoʻllari, profilaktikasi, kasallikka qarshi emlanishning ahamiyati, “Salomatlik sari 5000 qadam” loyihalarida faol ishtirok etish borasida maʼlumot berildi.
Shuningdek, boʻlgʻusi shifokorlar tomonidan keksa fuqarolarning salomatliklari tekshiruvdan oʻtkazildi va ularga kerakli tavsiyalar berildi.